Rasmiy munosabat: Surxondaryo hokimi deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘chirmagan

0
12
marta oʻqilgan

Surxondaryo viloyati hokimligi 4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Ko‘chayeva Xursand Rustamovna tomonidan hokimlik uning nomzodini deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligi to‘g‘risida joylashtirilgan xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

Hokimlik matbuot xizmatining yozishicha, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar to‘g‘risida ma’lumot so‘ramagan, nomzod ko‘rsatish jarayoniga umuman aralashmagan va Surxondaryo viloyati hokimligi T.Bobolovning X.Ko‘chayeva nomzodini deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligi to‘g‘risidagi xabarni rad etadi.

Shuningdek, xabarda yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga ko‘ra, endilikda faqat siyosiy partiyalargina Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga ega ekanligi va mahalliy hokimliklar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida faqat tashkiliy jihatdan ko‘maklashishi eslatib o‘tilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting