2020-yilda 382 ming doimiy yangi ish o‘rni tashkil etiladi

0
11
marta oʻqilgan

2020-yilda respublika bo‘yicha 382 272 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish prognoz qilinmoqda. Bu Prezidentning «2020-yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida keltirilgan.

Hujjat bilan, 2020-yilda mehnat organlari tomonidan 461 ming aholi bandligini ta’minlash va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning prognoz ko‘rsatkichlari va 605 ming o‘zini o‘zi mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan va yashirin ish o‘rinlarida ishlayotgan shaxslarni  rasmiylashtirish parametrlari tasdiqlanadi.

Qarorga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tarkibidagi «Mehnat.uz»  axborot-kompyuter markazi mas’uliyati cheklangan jamiyati «Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi» markazi etib qayta tashkil etilishi mumkin.

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi huzurida BAAning Mehnat resurslari va emiratlashtirish vazirligi hamkorligida «Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni ko‘rib chiqish va hal qilish markazi – «Mehnat – M» markazi faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Xususan, markaz murojaat va shikoyatlarni 5 ish kunida ko‘rib chiqishi, shundan 2 kun – mehnat nizolarining o‘zaro hal qilinishini rag‘batlantirish, hal qilinmagan taqdirda keyingi 2 kunda huquqiy maslahat berish, masala yechilmasa beshinchi kuni tegishli chora ko‘rish yoki materillarni sud organlariga kiritishi belgilangan.

Qayd etilishicha, 2020-yil yakuniga qadar «2030-yilgacha Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli Milliy strategiya»  va «Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchini raqobatbardoshligini oshirish Konsepsiyasi»  ishlab chiqiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting