Messi va unga qarashli fond firibgarlikda ayblanmoqda

0
11
marta oʻqilgan

Ispaniya sudi “Barselona” hujumchisi Lionel Messining xayriya fondiga nisbatan tergov ishi ochdi.

Foto: Getty Images

Abc’ning xabar qilishicha, fondda 2012—2015-yillar mobaynida ishlagan Federiko Retorri guvohlikka chaqirilgan. U Messini, shuningdek, futbolchining otasi, akasi va yaqinlarini pul yuvish, firibgarlik, soliqdan qochish va moliyaviy jinoyatlarda ayblamoqda.

Arznomada ma’lum qilinishicha, fondning daromadlari ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirilish o‘rniga, fondga tegishli bo‘lmagan boshqa xususiy tarmoq yoki hisob raqamlarga yuborilgan.

Shuningdek, Messi chet el kompaniyalari bilan hayriya shartnomalari (qonunga muvoffiq xayriya shartnmoalari soliqqa tortilmaydi) imzolab, soliqlardan qochgani aytilmoqda. Buning natijasida fond 10 million yevro ishlab olgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting