Sobiq Ichki ishlar vaziri va PXX rahbari qamaldi

Turkmanistonda sobiq Ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikov qator jinoyatlar, jumladan, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va juda katta miqdorda pora olishda ayblanib sudlandi. Bu haqda mamlakat Bosh prokurori Botir Atdayev davlat xavfsizlik kengashi yigʻilishida xabar berdi.

Foto: М. Нобатов

Turkmaniston televideniyesi sochi butunlay olib tashlangan va qoʻllariga kishan taqilgan sobiq vazirni koʻrsatdi.

“Mening jinoyatlarim aniqlanganidan keyin qonuniy asosda jinoiy javobgarlikka tortildim. Men notoʻgʻri xatti-harakatimni tan olaman va afsuslanyapman” dedi Iskander Mulikov koʻzlarini koʻtarmagan holda.

Bosh prokuratura Migratsiya xizmatining sobiq rahbari, oʻz vaqtida Prezident xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Meylis Nobatov ham shu kabi jinoyatlarda ayblanganini maʼlum qildi. Biroq u Prezident xavfsizligiga boshchilik qilgani uchun telvideniyeda uning nomi aytilmagan.

Nobatovning soʻzlariga koʻra, jinoyatlarini 2015-2019 yillarda, “yuqori lavozimlarda ishlagan paytida” sodir etgan. Migratsiya xizmati rahbari lavozimidan ketganidan keyin, u bir necha bor Prezident tansoqchilari tarkibida koʻrinish bergan.

Iskander Mulikov 20 yoki 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida maʼlumotlar bor.

Sobiq ichki ishlar vaziri shu yilning 1-oktyabrida barcha unvonlaridan mahrum qilingan vv ishdan boʻshatilgandi. Manbalarda uning ishdan boʻshatilishi uzoq muddatga qamalgan tadbirkor Chara Qulovning ishi bilan bogʻliq ekani aytiladi. Xabar qilinishicha, sobiq vazirlar va yuqori lavozimli shaxslar tadbirkor Chara Qulov bilan birga hokimiyatni qoʻlga olish niyatida boʻlgan.