Farg‘onada magistral gaz quvurida yong‘in yuz berdi

0
40
marta oʻqilgan

Farg‘onada magistral gaz quvuri quvur teshilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda “O‘ztransgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

tMZptEDnRRE NkRxrtj KIGp28q--Oz1

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 3 dekabr soat 15 dan 15 daqiqa o‘tganda kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Baxmal qishlog‘i hududidan o‘tgan Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Beshariq” GTSga boruvchi diametri 219 mm bo‘lgan quvur tarmog‘ining 4-5 km oralig‘ida noqonuniy holda, tegishli ruxsatnomalarsiz ekskavator yordamida yer ishlarini (tosh olish) olib borish natijasida magistral gaz quvur tarmog‘iga shikast yetkazilgan va quvur teshilgan. Bu esa yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan va oqibatda ekskavator haydovchisi 1960 yilda tug‘ilgan D.M. kuyish tan jarohati olib, tezkorlik bilan Beshariq shahar shifoxonasiga yetkazilgan.

Avariya holatini tezkor ravishda bartaraf etish uchun magistral gaz quvuriga gaz berish to‘xtatilgan va yong‘in tezda o‘chirilgan.

Avariya natijasida shikastlangan gaz quvuri kech soat 20-50da qayta tiklandi, aholiga tabiiy gaz yetkazib berish 4 dekabrda tiklanadi.

“Hurmatli vatandoshlar!

Barcha turdagi energiya ta’minoti tizimining, ayniqsa yuqori bosimli gaz quvurlarining muhofaza hududi va xavfsizlik talablariga amal qilishga, hamda shu kabi holatlarni oldini olishga chaqirib qolamiz”, deyiladi xabarda.

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting