Moskvada bir ayolni zo‘rlab, so‘ng o‘ldirgan o‘zbekistonlik sudlanmoqda

1
25
marta oʻqilgan

Moskva shahar prokuraturasi 23 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga qarshi jinoiy ishni ko‘rib chiqmoqda. Rossiya federatsiyasi JKning 131 (jinsiy zo‘rlash) va 105-moddalari (boshqa jinoyatni berkitish uchun qotillik qilish) bilan jinoiy ish ochilgan. Bu haqda Moskva shahar prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi

image 15
Foto: Google

Tergov ma’lumotlariga ko’ra, ayblanuvchi 2019 yil 28 may kuni kunduzi Izmaylovskiy bog’ida moskvalik ayolni zo’rlagan. Jabrlanuvchi ayolning jinoyatni yashirish uchun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishi mumkinligini anglab, ayolni bo’g’ib o’ldirgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Mazkur jinoyat ishi ko’rib chiqish uchun Moskva shahar sudiga yuborilgan. Sud ehtiyoj chorasi sifatida ayblanuvchiga qamoq jazosi tayinlagan.

1 izoh

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting