Poytaxt propiskasini olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra O‘zbekiston Milliy axborot agentligi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari hamda rasmiy statistik to‘plamlari, shu jumladan, ularning elektron shakllari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.