Afsonaviy “Yor-yor” badiiy filmi 55 yoshda

0
19
marta oʻqilgan

Poytaxtimizdagi “Zarafshon” konsert zalida “Yor-yor” badiiy filmi suratga olinganligining 55 yilligi munosabati bilan badiiy kecha o‘tkazildi deb yozmoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Elimiz ardog‘idagi san’atkorlar, xorijiy mehmonlar, kino ixlosmandlari ishtirokidagi tadbirda “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ali Hamroyev, O‘zbekiston xalq artisti Bahtiyor Ixtiyorov va boshqalar nodir kartinaga aylangan “Yor-yor” filmi va uning suratga olish jarayoni haqida gapirdi.

5- 1
Foto: O‘zA

Insonlar ana shunday samimiy ruhdagi fil’mlarni sog‘ingani, tomoshabinlar uchun fan va texnika taraqqiy etgan davrda ham insoniy pok tuyg‘ular, bachkanalikdan holi, hazil-mutoyibaga boy filmlarni ko‘rishga ishtiyoq bo‘lishi ta’kidlandi.

– O‘sha davrlar insonlar yangi filmni olamshumul kashfiyot deb bilishardi, – dedi O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov. –Aslida ham filmlar ana shunday kashfiyotdek yaralardi. Aktyorlar esa kasbga shunchalar mehr berardiki, hatto ijro etishi kerak bo‘lgan obrazlarida yashardi. Men ham “Yor-yor” filmidagi obrazimda ancha vaqt yashaganman. Kartina meni tomoshabinga yanada yaqinroq tanitgan, iste’dodimni namoyon qilishga kengroq imkon bergan. Ustoz Soyib Xo‘jaevdan ko‘p narsa o‘rganganman. Film yaralishi jarayonida ahil va talabchan jamoa shakllangandi. Hamma o‘z ishini bilib-bilib bajarardi. Suratga olish jarayonlaridagi duch kelingan barcha qiyinchiliklar yaxshi film olinishiga to‘sqinlik qilolmagan.

“Yor-yor“ badiiy filmi rejissyor Ali Hamroev tomonidan “O‘zbekfilm“ kinostudiyasida 1964-yil suratga olingan. Filmda bosh rollarni xalqimiz suygan aktyorlar Soyib Xo‘jayev hamda Baxtiyor Ixtiyorovlar ijro etgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1969), Hamza nomidagi davlat mukofoti laureati Ali Hamroev “Yor-yor”, “Vodillik kelin”, “Dilorom”, “Ettinchi o‘q”, “Soqchi”, “Favqulodda komissar”, “Kobuldagi jazirama”, “Bo Ba Bu”singari 50 dan ortiq filmlarning ssenariy muallifi va rejissyori.

Tadbirda kartinadan lavhalar namoyish etildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting