Soliq qo‘mitasi rahbari uyiga noqonuniy ravishda gaz o‘tkazib olgani aniqlandi

0
11
marta oʻqilgan

Qoraqalpog‘istonda MIB xodimlari tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatini aniqladi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida tuman MIB xodimlari tomonidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilgan.

Uylarda o‘tkazilgan tekshiruvlar chog‘ida xonadonlardan birining egasi shlang yordamida uyiga tabiiy gaz o‘tkazib olib, shu yo‘l bilan isitish qozonini qaynatishi aniqlangan. Ulanib olingan gazdan ovqat tayyorlashda ham foydalanilgan. Umuman olganda, tabiiy gazdan bepul foydalanib kelingan. Chunki u gaz hisoblagichda qayd etilmagan.

Shuningdek, bu xonadonda Xo‘jayli tumani soliq qo‘mitasi rahbari istiqomat qilishi aniqlangan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting