O‘zbekiston chegaralarini minalardan tozalaganlar mukofotlandi

Toshkent viloyatidagi davlat chegarasiga oʻrnatilgan mina maydonlarini tozalash ishlari olib borildi, deya xabar bermoqda DXX Chegara qoʻshinlari matbuot xizmati. Mina maydonlarini tozalashda faol ishtirok etganlar ragʻbatlantirilgan.

Foto: olke.az

“Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan 2019-yil davomida Toshkent viloyati qoʻriqlov sohasida davlat chegarasiga oʻrnatilgan mina maydonlarini tozalashda faol ishtirok etganligi uchun 13 nafar harbiy xizmatchi DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni vakolati doirasida qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.