Makron NATO oldida Rossiyani himoya qildi

0
11
marta oʻqilgan

NATO’ning asosiy raqibi Rossiya yoki Xitoy emas, balki xalqaro terrorizmdir. Bu fikrni Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron NATO’ning yubiley sammiti arafasida aytdi.

Foto: Lenta.ru

Makron Rossiya bilan yaqin hamkorlik qilishga intilmoqda. “Rossiya bizning dushmanimiz” degan so‘zlarga ishonmayman”, dedi Fransiya prezidenti. U Yevropada ishonch va xavfsizlikning yangi arxitekturasini “qurmoqchi”.

Frayburg universiteti tarix professori Jorn Leonardning fikricha, Fransiya prezidenti bu so‘zlari bilan yangi dunyodagi o‘zgarishlar, xususan, siyosiy munosabatlarning buzilishi, AQSh-Xitoy o‘rtasidagi savdo mojarosiga qarshi. Tarixchining fikriga ko‘ra, Makron o‘z mamlakati uchun yangi tashqi siyosiy alternativlarni qidirmoqda.

Makronning bayonoti, Malida aksilterror operasiyasi paytida 13 fransuz askarining o‘limi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. U aytgan ikki og‘iz gapi bilan Fransiya nafaqat moliyaviy va texnik jihatlarga, balki strategik masalalarga, ayniqsa terrorizmga qarshi kurashga e’tibor qaratish kerakligiga urg‘u berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emmanuyel Makron Fransiyani NATO’ning yetakchisiga aylantirishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting