Elchixonaga butun dunyodan ta’ziya so‘zlari yetib kelmoqda. TIV bortida o‘zbekistonliklar bo‘lgan samolyot halokati yuzasidan izoh berdi

0
32
marta oʻqilgan

O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil 27-noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida asli o‘zbekistonliklarni tashiyotgan samolyot halokati sodir bo‘lgan joy tegishli tuzilmalar tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilgan, samolyotning barcha parchalari puxta tahlil qilish uchun Toronto shahridagi maxsus tekshiruv markaziga yetkazilgan. Bu haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: toronto.ctvnews.ca

Unda qayd etilishicha, ayni paytda Kanada ma’murlari bilan birgalikda halok bo‘lganlarning jasadlarini aniqlashtirish va ularni qarindoshlariga topshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Elchixona Kanada TIV va huquqni himoya qilish idoralari vakillari, aviahalokatda vafot etganlarning qarindoshlari va yaqinlari, Toronto shahri va Texas shtatidagi (AQSh) o‘zbek diasporasi bilan yaqin aloqada bo‘lib turibti.

2-dekabr kuni O‘zbekiston Elchisi Javlon Vaxabov Toronto shahrida Kanada transport xavfsizligi kengashi vakillari va mahalliy tergov idoralari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Elchixonaga butun dunyodan ta’ziya so‘zlari yetib kelmoqda. Kanadaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Annik Gule barcha kanadaliklar nomidan aviahalokatda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi hamda har tomonlama yordam va zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi. AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Elchixonasi sa’y-harakatlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 27-noyabr kuni kechqurun yuz bergan​ fojia sababli 7 kishi – Texasning Xyuston shahrida yashovchi o‘zbekistonlik oila va ularning Kanadadagi yaqinlari halok bo‘ldi.

Samolyot AQShda ro‘yxatdan o‘tgan va uni egasi Otabek Obloqulovning o‘zi boshqarayotgan bo‘lgan.

Avvalroq, TIV matbuot xizmati O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi yengil motorli shaxsiy samolyot qulashi natijasida asli o‘zbekistonlik Otabek Obloqulov va Bobomurod Nabiyev, shuningdek, ularning oila a’zolari (jami yetti kishi) halok bo‘lganligi haqidagi OAV xabarlarini tasdiqlagan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting