Singapur rasmiylari birinchi marta marixuanaga asoslangan dorini isteʼmol qilishga ruxsat berdi

0
6
marta oʻqilgan

Singapur rasmiylari birinchi marta epilepsiyani davolash uchun marixuana asosida yaratilgan dorini isteʼmol qilishga ruxsat berdi. Bu haqda Straits Times xabar bermoqda.

Foto: Google

Dori vositasi boshqa dorilarga qarshi immunitetga ega boʻlgan yosh qizga kerak boʻlgan.

Ichki ishlar vazirligi bemorning shifokori Singapur Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillaridan ushbu dori vositasini mamlakatga olib kirishni soʻraganini aytdi.

Ushbu dori vositasidan AQShda bolalarda epilepsiya kasalligini davolashda foydalanishga ruxsat berilgan.

Singapurda giyohvand moddalarga oid qonunlar juda kuchli boʻlib, taqiqlangan kichik miqdordagi moddaga ega boʻlgan taqdirda ham oʻlim jazosi belgilanadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting