Braziliya prezidenti Di Kaprioni oʻrmon yongʻinlariga aloqadorlikda ayblamoqda

0
10
marta oʻqilgan

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru amerikalik aktyor va eko-faol Leonardo Di Kaprioni mamlakatdagi oʻrmon yongʻinlariga aloqadorlikda aybladi, deb xabar beradi Associated Press.

Foto: UzA.uz

Bolsonaru, DiKaprio tomonidan moliyalashtiriladigan notijorat tashkilotlar, Braziliya Prezidentining soʻzlariga koʻra, Amazonzaning oʻrmonlarini qamrab olgan yongʻinlar bilan bogʻliq. “Di Kaprio – ajoyib inson, shunday emasmi? Amazon oʻrmonlari yondirilishini moliyalashtiradi“, – dedi Braziliya rahbari oʻz tarafdorlariga murojaatida. Biroq, u soʻzlaridan hech qanday dalil keltirmadi.

Shu bilan birga, Associated Press xabariga koʻra, u Di Kaprioning yozma murojaatini olgan, unda u oʻzining “Yer alyansi“ tashkiloti iyul va avgust oylaridagi oʻrmon yongʻinlaridan keyin qoʻshilgan NNTlarga haqiqatan ham 5 million dollar ajratganini tushuntirgan. Ammo, ular orasida, tergovga koʻra, fojia bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan ikki guruh boʻlmagan.

“Bu noyob ekotizimlarning kelajagi xavf ostida va men ularning himoyachilari tomonida boʻlganimdan gʻururlanaman“, – deyiladi bayonotda.

Di Kaprioga qarshi ayblovlar Para shtatidagi ikkita notijorat tashkilotning bosh qarorgohida politsiya tomonidan oʻtkazilgan operatsiya paytida eʼlon qilindi. Hafta boshida moliyalashtirishni taʼminlash uchun oʻrmonlarni yoqib yuborishi mumkin boʻlgan toʻrt koʻngillilar hibsga olingan. Associated Press xabariga koʻra, hibsga olinganlar jinoyatga aloqadorligini rad etishgan va sudya ularni hibsga olish uchun hech qanday asos topmagan holda ozod qildi.

Federal prokuraturaning sudda keltigan versiyasiga koʻra, noqonuniy ravishda daraxt kesgan fermerlar va mahalliy aholi oʻrmonga oʻt qoʻygan boʻlishi mumkin.

Bu yil Braziliya Amazon oʻrmonlari soʻnggi yillardagi eng katta yongʻinlarga duch keldi. Avgust oyi oxirida ommaviy axborot vositalari yongʻinlar maydoni 2018-yilga nisbatan 77 foizga oshib, 906 ming gektarga yetganini xabar qildi. Amazonda yongʻinlar soni 39 mingdan oshdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting