Qibrayda bir oilaning 16 nafar a’zosi gazdan zaharlandi

0
14
marta oʻqilgan

Bugun, 1-dekabr kuni taxminan soat 05:30 larda Toshkent viloyati Qibray tumani Alisherobod mahallasidagi uylarning birida isteqomat qiluvchi bir oilaning 16 nafar a’zosi is gazidan zaharlangan. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Zaharlanganlar zudlik bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Ularning orasida 11 nafari voyaga yetmagan fuqarolar bo‘lgan. Vafot etganlar yo‘q.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting