Samolyot halokatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

0
15
marta oʻqilgan

AQSHning Janubiy Dakota shtatida kichik samolyot qulashi natijasida to‘qqiz kishi, jumladan uchuvchi va ikki bola halok bo‘ldi. Bu haqda TACC xabar berdi.

Foto: TACC

Ma’lum qilinishicha, Pilatus PC-12 bortida 12 kishi bo‘lgan. Aydaho shtatidagi Aydaho sharsharasiga qarab yo‘l olgan samolyot Chembrlenning mahalliy aeroportidan jo‘nab ketganidan ko‘p o‘tmay qulagan. Nashrning ta’kidlashicha, voqea sababi noqulay ob-havo sharoiti bo‘lishi mumkin.

Prokuratura tirik qolgan yo‘lovchilar eng yaqin shifoxonaga yotqizilganini aytmoqda. Hozirda ularning salomatligi haqida ma’lumot yo‘q.

Avvalroq, Kanadada samolyot qulashi natijasida 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting