Shokir Xoliqovning “Choy” filmi “Mintaqa oltin gʻolibi” boʻldi

0
13
marta oʻqilgan

Oʻzbekistonlik yosh kinoijodkorlar birinchi marta DigiCon6 Asia Awards 2019 xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalining sovrinlariga ega boʻlishdi.

Ular orasida rejissor Mahliyo Asqaraliyeva ham bor. Uning “Sovgʻa” filmi Gongkongda boʻlib oʻtgan festivalning “Next Generation” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Film 25 yoshgacha boʻlgan osiyolik rejissyorlarning ishlari orasida birinchi oʻrinni egalladi.choy

Shokir Xoliqovning “Choy” filmi esa festivalning ikki nominatsiyasida sovrin olishga erishdi. Ushbu asar Osiyo mintaqasining aʼzo mamlakatlari orasida “Mintaqa oltin gʻolibi” sovrini bilan taqdirlandi va nufuzli festivalning Gran-Pri sovrinidan keyingi oʻrinda turadigan sovrinni ham oldi. DigiCon6 Asia Awards 2019 festivalida birinchi marta qatnashgan yosh oʻzbek kino ustalarining filmlari tomoshabinlar va hakamlarni mahliyo qilishga erishdi.

Maʼlumot uchun, DigiCon6 Asia Awards 2019 xalqaro qisqa metrajli filmlar kinofestivali Yaponiya media giganti TBS tomonidan tashkil qilinadi. Ushbu kinofestivalda Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvanь orollari Tailand va Oʻzbekistonlik yosh iqtidorli kinoijodkorlari birlashtirilganini aloxida eʼtirof etish lozim.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting