Talabalarga ishlash huquqi beriladi

0
23
marta oʻqilgan

Kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishdan boʻsh vaqtlarida (yarim stavkadan ortiq boʻlmagan hajmda) mehnat shartnomasi boʻyicha oliy taʼlim muassasasi yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi. Bu Hukumatning “Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasida keltirilgan.

Foto: Zamin.uz

Nizom oliy taʼlim jarayonini tashkil etish, boshqarish, uning moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini tartibga solish va oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilashni koʻzda tutadi.

Hujjatga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasasining prorektorlari (mahalliy oliy taʼlim muassasasining direktori, uning oʻrinbosari) oliy taʼlim muassasasi rektorining tavsiyasiga asosan tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda:

– oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimiga nomzod Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;
– yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor lavozimiga nomzod Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi;
– ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor lavzimiga nomzod Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

Muhokama joriy yilning 14-dekabriga qadar davom etadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting