Samvel Babayan Xitoy klubi bilan shartnoma imzoladi

0
31
marta oʻqilgan

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi va hozirda “Lokomotiv” klubini boshqarayotgan Samvel Babayan faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettiradi.

Foto: O‘FA

Sharhlovchi Bobur Akmalovning xabar qilishicha, o‘zbekistonlik mutaxassis Xitoyning “Chanchung Yatay” klubi bilan kelishuvga erishgan va jamoa bilan “2+1” ko‘rinishidagi shartnoma imzolaydi.

“Lokomotiv” ustozi 1-dekabrda Xitoyga yo‘l oladi. Superliga 26-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”ga qarshi bahs Babayan uchun “Lokomotiv” boshqaruvidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi.

“‘Lokomotiv’ bilan o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni to‘xtatdik. 25-dekabrda Toshkentga qaytaman va yangi yil bayramidan so‘ng yana Chin yurtiga uchib ketaman”, — deydi Samvel Babayan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting