O‘zbekistonda rahbarlar ishiga baho qo‘yiladigan portal tashkil etiladi

0
25
marta oʻqilgan

“Davlat boshqaruvida ilgʻor davlat menejmenti va ʼaqlliʼ boshqaruv printsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Foto: Darakchi.uz

Qarorga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy taʼlim texnologiyalarini oʻz ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va “aqlli” boshqaruv printsiplari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, “Boshqaruv kadrlari portali” yaratilib, 2020-yil 1-martga qadar ishga tushiriladi.

Portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek, ularning kasbiy va shaxsiy oʻsishiga koʻmaklashuvchi masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish portalning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Qarorga koʻra, 2019-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Boʻka tumani va Angren shahrida tajriba-sinov tariqasida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligiga doimiy ravishda baho berib borish tizimi joriy etiladi va ushbu tizim 2020-yil 1-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Tajriba-sinov yakunlari boʻyicha ushbu tizim keyinchalik butun respublika hududida joriy etiladi.

2020-yil 1-fevralga qadar davlat organlarining “Xalqqa — koʻmakchi, tadbirkorga — biznes hamkor” sifatida faoliyat koʻrsatishini kengaytirish maqsadida maxsus elektron platforma yaratiladi va ishga tushiriladi.

“Davlat boshqaruvida ilgʻor davlat menejmenti va ʼaqlliʼ boshqaruv printsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hukumat qarorining toʻliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting