Fransiyaning yangi elchisi Moliya vazirligiga tashrif buyurdi

0
7
marta oʻqilgan

Moliya vazirligida Fransiya Respublikasining Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Izabelle Servoz-Galluchchi xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Fransiya Respublikasining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi, havo transporti sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, qishloq xoʻjaligidagi hamkorlik, xususan, Fransiya Taraqqiyot agentligi bilan aloqalarni muhokama qildilar.

Bundan tashqari, tomonlar Boʻstonliqdagi sayyohlik zonasini rivojlantirish boʻyicha loyihaning borishi haqida fikr almashdilar.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting