O‘zbekiston Senati gaz va elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan hukumatdan izoh talab qiladi

0
13
marta oʻqilgan

Oʻzbekiston Senatining 30-noyabr kuni ochilgan 24-yalpi majlisida aholini gaz va elektr bilan taʼminlashdai muammolar yuzasidan hukumatga parlament soʻrovi yuborish rejalashtirilgan.

Foto: Gazeta.uz

Senat yalpi majlisi davomida 10 ta qonun loyihasi bilan birgalikda yana yetti masala muhokamaga qoʻyilgan. Ularning ikkitasi hududlar chegarasini oʻzgartirish, uchtasi esa ayrim dolzarb masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlari yuborish bilan bogʻliq.

Muhokamaga qoʻyilgan masalalar roʻyxati bilan quyida tanishish mumkin:

  • Oʻzbekiston Davlat byudjetining 2019-yilgi xarajatlariga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida;
  • Vazirlar Mahkamasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragidagi ijrosi yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida;
  • Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
  • Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish hamda Qiziriq, Boysun va Qumqoʻrgʻon tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
  • Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postlari faoliyatini oʻrganish natijasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida;
  • Arzon uylar‑joylar qurish jarayonidagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida;
  • Aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlash jarayonidagi muammolar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish haqida;
  • Oʻzbekiston Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting