Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi parashyutdagi parvozi vaqtida halokatga uchradi

0

O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi xavfsizlik xizmati xodimi Fransis Delega Toshkent viloyatida parashyutda uchish vaqtida halokatga uchradi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru.

“Fransiya elchixonasi xavfsizlik xizmati xodimi Chimyonda parashyutda uchish vaqtida halok bo‘ldi”, – deya tasdiqladi elchixona vakili.

Vakil shuningdek, ayni vaqtda xavsizlik xodimining tanasi O‘zbekistondan o‘z vatani Fransiyaga eltilish masalasi ko‘rilayotganini ham ma’lum qildi.