MIB tomonidan 2019-yilda qancha summa undirildi?

0
10
marta oʻqilgan

2019-yilning 1-iyundan boshlab ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishi qoʻzgʻatilishi yoʻlga qoʻyildi (muqaddam ijro ishi 3 kun ichida qoʻzgʻatilardi).

Брифинг+фото-3
foto: mib.uz

Yana bir jihat, – ijro harakatlari koʻpi bilan ikki marta kechiktirilishi mumkin, oldinlari necha marta kechiktirilishi mumkinligi qonunchilikda koʻrsatilmagan edi va bu ijro hujjatlarining koʻp bora toʻxtalib, undiruvchi tomonlarning noroziligiga sabab boʻlardi.

Endilikda, ijro harakatlarini bajarishda yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassis ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishi qatʼiy belgilangan.

Byuro organlari tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 21,9 trln. soʻmlik 2,7 mln. ta ijro hujjatining ijrosi tamomlandi. bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi brifing boʻlib oʻtdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting