Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi 25 yoshda

0
14
marta oʻqilgan

Ichki ishlar vazirligida «Interpol»ning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tashkil etilganining 25 yilligi nishonlandi. Tadbirda vazirlik rahbariyati, shaxsiy tarkibi va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi. Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Aziz Tashpulatov Interpolning Milliy markaziy byurosi xodimlarini bayram bilan muborakbod etib, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish va qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olishda ularning hissasi beqiyos ekanini ta’kidladi.

iiiiii
foto: mvd.uz

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan «Interpol»ning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi boshlig‘i, polkovnik Rustam Isroilov 1-darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun», bo‘lim boshlig‘i polkovnik G‘anijon Alimuhammedov 2-darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari, xizmatda yuksak natijalarga erishgan bir guruh xodimlarga IIVning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting