“Arsenal“ bosh murabbiyi Unai Emeri ishdan boʻshatildi

Londonning “Arsenal“ klubi bosh murabbiyni almashtirdi, deb xabar beradi klub maʼmuriyati. Unai Emeri 27 yil ichidagi eng yomon oʻyinlardan keyin ishdan boʻshatildi. Uning oʻrnini vaqtincha 1998-2007-yillarda jamoada oʻynagan Fredrik Yungberg egalladi.

Foto: iNews

Unai Emeri 2018-yilning bahorida “Arsenal“ni boshqargan. 2012-yil maydan noyabrgacha u “Spartak“ bosh murabbiyi boʻlib ishlagan, keyin Ispaniyaning Sevilya va Fransiyaning PSJ klublarida ishlagan.

“Arsenal“ barcha turnirlarda ketma-ket yetti oʻyinda gʻalaba qozona olmadi – bu London jamoasining 27 yildagi eng yomon seriyasi. Kecha “Arsenal“ Yevropa Ligasida oʻz uyida Frankfurtning Eyntrachtiga 1: 2 hisobida yutqazdi.

2018/19-yilgi mavsumda “Arsenal“ Yevropa Ligasi finaliga chiqdi, biroq “Chelsi“ ga yutqazdi (1: 4).