Nurmagomedov navbatdagi jangda yutqazishi mumkin…mi?

Rossiyalik aralash kurashchi (MMA) Aleksandr Emelianenko Mutlaq janglar bo‘yicha (UFC) turnirida vatandoshi Xabib Nurmuhamedov va amerikalik Toni Ferguson o‘rtasidagi bo‘lajak duyel haqida taxmin qilishdan bosh tortdi. Bu haqda u o‘zining YouTobe kanalida aytib o‘tdi.

images
Foto: riafan.ru

Emelianenko MMA’dagi prognozlarni ahmoqona deb hisobladi. Shunga qaramay, 38 yoshli og‘ir vaznli mutaxassis Nurmuhamedov yuqori samaradorlik va tirishqoqlikka ega ekanligini ta’kidladi. Biroq u Xabibni navbatdagi jangida yutqazishi mumkinligiga ishora qildi.

“Unda hammasi ajoyib, 28 g‘alaba. Bu o‘tgan haftadagi jangigacha davom etdi. Biroq uning tobi biroz qochdi, uning harorati bor”, – dedi Emelianenko. U Yaponiya Pride Gran-prisidagi duyel arafasida qanday kasal bo‘lganini esladi. Noqulaylik va haroratga qaramay, Emelianenko jangda qatnashgan va yutqazgan.

Картинки по запросу nurmagomedov
Foto: UFC.com

Nurmuhamedov va Ferguson o‘rtasidagi dubl 2020 yil 18 aprelda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Jangchilar oldinroq sakkizburchakda uchrashishlari mumkin edi. Biroq ularning janglari to‘rt marta to‘xtatildi.

Ikkala sportchi ham UFC amaldagi jangchilari qatoridaa ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha peshqadamlik qilishmoqda (12).