Yurak kasalliklari oldini olishning oddiy usuli aniqlandi

0
12
marta oʻqilgan

Amerikalik shifokorlar dukkaklilar, jumladan, yasmiq va no‘xat iste’moli yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi, degan xulosaga kelishdi.

“MedicalXpress”ning yozishicha, taomnomaga dukkaklilarni kiritish infarkt va insult xavfini 10 foizga kamaytiradi.

Ta’kidlanishicha, dukkaklilar tarkibida oqsil va kletchatka ko‘p. Shuningdek, ularning glikemiya indeksi past, yog‘i kam, xolesterini esa yo‘q.

Mutaxassislarning fikricha, dukkakli mahsulotlar qon bosimini ham pasaytirishga ko‘maklashadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting