APL. “Manchester Yunayted” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan boy berdi

0
13
marta oʻqilgan

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 13-turi doirasida 24-noyabr, yakshanba kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” mehmonda “Sheffild Yunayted”ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Reuters

Bellashuv davomida mezbon jamoa vakillari Jon Flek (19), Lis Musse (52) va Oliver Makberni (90) David De Xea qo‘riqlayotgan darvozaga gol urgan bo‘lsa, “qizil iblislar”dan Brendon Uilyams (72), Meyson Grinvud (77) hamda Markus Reshford (79) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa o‘yin 3:3 hsiobidagi durang natija bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, manchesterliklar 17 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. “Sheffild Yunayted” esa 18 ochko bilan 6-pog‘onani band qilib turibdi.

APL

13-tur bahsi

24-noyabr, yakshanba

“Sheffild Yunayted”—“Manchester Yunayted” 3:3

Gollar: 1:0 — 19 Flek, 2:0 — 52 Musse, 2:1 — 72 Uilyams, 2:2 — 77 Grinvud, 2:3 — 79 Reshford, 3:3 — 90 Makberni

“Sheffild Yunayted”: Mur, Stivens, Bashem (Robinson, 83), O‘Konnell, Boldok, Norvud, Flek, Landstrem, Jagelka, Musse (Makberni, 68), Makgoldrik (Sharp, 78)

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Uilyams, Jeyms, Pereyra (Grinvud, 73), Marsyal (Tuanzebe, 85), Fred, Jons (Lingard, 46), Reshford

Ogohlantirishlar: Uilyams (50), Landstrem (51), Uan-Bissaka (60)

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting