Samarqandda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochiladi

0
10
marta oʻqilgan

Invest in Samarkand birinchi xalqaro investitsion forumi davomida Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasi va Ispaniyaning “Real Madrid” futbol akademiyasi oʻrtasida kelishuv memorandumi imzolandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Foto: O‘zА

Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov forum doirasida “Real” klubining Markaziy Osiyo va Afrika qitʼasi boʻyicha maxsus vakili Inigo Arenillasni qabul qildi.

Uchrashuv davomida Samarqandda “Qirollik klubi” akademiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda ikkala tomon mazkur hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalari, talab va takliflarini bildirdi.

Yakunda kelishuv memorandumi imzolandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting