Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili tayinlandi

0

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Ismatilla Irgashev O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 25-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov maxsus vakilni Tashqi ishlar vazirligi kollegiyasiga tanishtirgan.