Qirg‘izistonga meva va sabzavotlarni eksport qilish davom etadi

0
18
marta oʻqilgan

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Qirgʻizistonga meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirilishiga qoʻshni davlatning Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi tomonidan taqiq qoʻyilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Foto: mk-turkey.ru

14-noyabr kuni tarqalgan xabarlarda Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga olib kirilayotgan anor mahsulotida Sharq mevaxoʻri — Grapholita Molesta hasharoti aniqlanganligi taʼkidlangan. Ayrim manbalarda mazkur hasharot “virus” sifatida нотўғриномланgaн.“Doʻstlik” chegara nazorat punktida 12 noyabr kuni Oʻzbekistondan 35 tonna nok, behi, noʻxat va ziravor mahsulotlar fitosanitar sertifikatsiz va maxsus etiketkalarsiz yuklanganligi bois toʻxtatib qolinganligi maʼlum qilingan.

“Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati xabariga koʻra, “Doʻstlik” punktidan oʻzbek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinishi davom ettirilyapti va hech qanday yukning orqaga qaytarilish holatlari qayd etilmagan.

“Shu kunga qadar hech bir holat yuzasidan Qirgʻiziston karantin xizmati tomonidan asoslantirilgan rasmiy notifikatsiyalar (bildirishnomalar) kelib tushmagan”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, 15-noyabr kuni “Oʻzdavkarantin”ga Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligidan Oʻzbekistondan eksport qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 356 ta holatda fitosanitar sertifikatlarsiz olib kirishga urinish sodir etilganligi, bunday xatti-harakatlarning 10 foizida mahsulotlarda zararli organizmlar aniqlanganligi haqida xat kelib tushgan. Xatda, shuningdek, bu kabi holatlarga qarshi birgalikda kurashilishiga va ikki davlat karantin xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlik yanada kuchaytirilishiga umid bildirilgan.

Oʻzdavkarantin” mazkur masala yuzasidan javob xati yoʻllagan boʻlib, unda inspeksiya yuqoridagi kabi holatlarga qarshi hamkorlikda kurashishga tayyor ekanligi qayd etilgan hamda qirgʻiz tomonidan koʻrsatilgan holatlar yuzasidan asoslangan dalillar va maʼlumotlar tezkorlikda yuborilishi soʻralgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting