Namangan viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

0
17
marta oʻqilgan

17-noyabr kuni taxminan 3:10 da Namangan viloyati Uchyi tumani “Doʻstlik” mahallasidagi uyda toʻrt kishining gazdan zaharlanish holati qayd etildi. Ularning uch nafari (ona va ikki farzand) vafot etdi, biri (ota) shifoxonaga yotqizildi, deya xabar qildi Oʻzbekiston FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV

Oʻtkazilgan tekshiruvlarda uy rezina quvur orqali propanli ballonga ulangan qoʻlbola pech orqali isitilgani aniqlandi. Oila aʼzolari uxlayotgan vaqtda is gazidan zaharlangan.

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tadbirlar olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting