Jahongir Ortiqxo‘jayev jurnalistlarni yo‘q qilish bilan tahdid qildi (audio)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qilgani haqidagi audio yozuv tarqadi.

Bir hafta oldin mani zavodimda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ***dan olib ***ga soladi. Monopol, «Artel» dabdala, deb. Bir haftadan keyin o‘n ming dollar bersang, o‘sha mahsulotni maqtab chiqadi-da, reklama asosida deydi. Oni kto voobshche? [O‘zi ular kim demoqchi – tahririyat] Oni tvari posledniye [Ular uchiga chiqqan mahluqlar – tahririyat].

Onaning bolasimi bular yo itning bolasimi?! Prinsip yo‘q, iflos, bedolaga [qashshoq – tahririyat]. Petuxlar kelyapti mana bu yoqdan, hammayoqdan kelib, o‘zicha hammani isnodga qo‘yadi.

Ya mogu tak sdelat, chto vas v maxalle ne primayut [Men shunday qilishim mumkinki, sizlardan mahalla voz kechadi, demoqchi – tahririyat]. Eto ya smogu [Bu qo‘limdan keladi – tahritiyat]. Tak mogu sdelat vashi roditeli izdevalis [shunday qilishim mumkinki, ota-onang bosh ko‘tarib yurolmay qoladi, demoqchi – tahririyat]. Ya tak mogu sdelat dajye sosedi [shunday qilishim mumkinki, hattoki qo‘shnilaring – tahririyat] ko‘rishganda uyalib qolishi mumkin.

Ya mogu eto sdelat. Chto, mne trudno chtoli ob’yavit vas geyem [Men buni qilishim mumkin. Nima, menga sizlarni gey deb e’lon qilish qiyinmi – tahritiyat]? Eto legko [Bu juda oson – tahritiyat] Legko! [Oson – tahririyat]. Svoboda slova [So‘z erkinligi– tahririyat]! Ya za shest sekund vas posaju v odno taksi s geyem, i vsyo [Men olti soniya ichida sizlarni ichida gey o‘tirgan taksiga o‘tqazaman, bo‘ldi – tahririyat]! Fotografiriyut i vas ob’yavlyayut geyem [Sizlarni fotosuratga olishadi va gey deb e’lon qilishadi – tahririyat]. Yoqadimi rahbarimizga, yoqmaydimi, mening o‘zimning ham…

Ya mogu eto delat [Men buni qila olaman – tahririyat]. Shest sekund mogu sdelat![Olti soniyada qila olaman – tahririyat]. Organizovat mogu [Tashkillashtira olaman – tahririyat]. Ili somnevayeshsya? [Yo shubha qilyapsanmi? – tahririyat] Tushuntira oldimmi?!

Ikki-uch kun bittang besabab uydan chiqib ketlaring, yo‘qolib qollaring… Uch kun! Besabab bittang uydan chiqib ketlaring! Vy xotite etogo? [Sizlar buni istaysizlarmi – tahririyat] Uch kun yo‘q bo‘lib qolsa, hamma jim-jit! O‘-o‘-o‘, san tirikmisan, hech kim xabar olmaydi, aytib qo‘yay, sani! U yer – bu yerda yozishadi, bir haftadan keyin unutishadi. Bo‘ldi! Qayerdadir cho‘kib o‘lyapti-da cho‘milayotganda deyishadi. I vsyo [Bo‘ldi – tahririyat]. Hayot shunaqa!

Shuning uchun, luchshe s nami rabotayte [yaxshisi biz bilan ishlanglar – tahririyat]. Yesli u vas budut kakiye-to problemy, pomogite nam, chtoby my reshili etu problemu [Agar sizlarda qandaydir muammo tug‘ilsa, bizga bu muammoni yechishda yordam beringlar – tahririyat].

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev