IIBB haydovchilarga chorrahada harakatlanish boʻyicha eslatma berdi

0
12
marta oʻqilgan

Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi(lar)ga yoʻl berishi kerak.

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, haydovchi tirbandlik tufayli majburiy toʻxtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.

Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.

Miltillovchi sariq ishora yonib-oʻchayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan oʻtish qoidalariga hamda chorrahada oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting