Tamaki va alkogol savdosida cheklovlar yanada ko‘payadi

0
7
marta oʻqilgan

Alkogol mahsulotining idishida yorliq asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan, matnli yozuvni oʻz ichiga oladigan fototasvir tarzidagi tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasida keltirib oʻtilgan.

Loyihada, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishga doir cheklashlar belgilab qoʻyildi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini:

• yigirma yoshga toʻlmagan shaxslarga;

• yigirma yoshga toʻlmagan shaxslar tomonidan;

• bolalar oʻyinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimentining boshqa tovarlariga oʻxshatib ishlanganda;

• savdo avtomatlari orqali;

• Internet tarmogʻi orqali;

• alkogol mahsuloti idishida yoki tamaki mahsuloti isteʼmol oʻrovida alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi haqida tibbiy ogohlantirish boʻlmaganda;

• muklchilik shakllaridan qatʼi nazar sport, taʼlim, tibbiyot muassasalari va diniy muassasalarning hududida va xonalarida, shu jumladan, taʼlim muassasalari hududlari chegarasidan sunʼiy va tabiiy toʻsiqlarni hisobga olmasdan toʻgʻri chiziq boʻyicha ikki yuz metrdan kam radiusda joylashgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida;

• ular texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmasa;

• aktsiz markalari bilan tamgʻalanmagan holda (pivodan tashqari) yoki aktsiz markalari qalbaki boʻlganda;

• ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini beradigan tarzda aniq tamgʻalanmagan boʻlsa;

• donalab, qutisiz (oʻrovsiz) — tamaki mahsulotiga nisbatan;

• ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlsa;

• ularni etkazib berish huquqiga ega boʻlmagan yoki etkazib berishni qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirgan mahsulot etkazib beruvchidan olingan boʻlsa, realizatsiya qilish mumkin emas.

• Umumiy ovqatlanish korxonalarida, shu jumladan restoranlar, qahvaxonalar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar, yoki odamlar boʻladiganboshqa koʻngilochar (hordiq chiqarish) joylarida chilim uchun tamaki va chilim mahsuloti (xizmatlari)ni sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.

• Chilim mahsuloti (xizmatlari)ni sotish qonun hujjatlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan obʼektlarda amalga oshiriladi.

• Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining peshtaxtalarida, boshqa savdo uskunalarida tamaki mahsuloti (uning namunalari)ni qoʻyish va namoyish etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

• Chakana savdo uchun taklif etiladigan tamaki mahsuloti haqidagi axborot, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, sotuvchi tomonidan, sotiladigan tamaki mahsuloti roʻyxatini savdo zalida joylashtirish yoʻli bilan xaridorlar eʼtiboriga etkaziladi, bu roʻyxat oq fonda qora rangdagi bir xil oʻlchamli xarflarda yozilgan, alfavit tartibida tuzilgan boʻlib, sotiladigan tamaki mahsulotining narxi hech qanday grafik tasvirlar va fototasvirlarsiz koʻrsatiladi. Savdo obʼektida tamaki mahsuloti xaridorga uning talabiga binoan, u sotiladigan tamaki mahsuloti roʻyxati bilan tanishtirilgandan keyin namoyish etilishi mumkin.

• Bevosita sotuv joyida tamaki mahsuloti isteʼmolchi ololmaydigan yopiq jovonlarda saqlanadi. Yopiq jovonlar konstruktiv jihatdan shundayishlangan boʻlishi kerakki, ularni ochganda tamaki mahsuloti xaridorlarga koʻrinmasin.

• Alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham cheklanishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, qonun loyihasiga oʻzgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting