Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Andijonlik fuqarolar muammolarini o’rgandi

Andijon viloyatida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Xatamov boshchiligida tashkil etilgan ikki kunlik sayyor qabulga viloyatning turli tumanlari, Andijon va Xonobod shaharlaridan ko‘plab fuqarolar tashrif buyurdi.

foto: mvd.uz

Fuqarolar dastlabki tergov jarayonida yuzaga kelgan muammolar, biometrik pasport olish, ichki ishlar organlaridagi xizmatga tiklanish, xodimlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari bilan bog‘liq va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Aholidan kelib tushgan shikoyat va arizalarning 74,2 foizi ijobiy hal qilindi, 15 foizi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 3 foizi nazoratga olindi. Ichki ishlar organlari xodimlarining qonunga xilof xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlar IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasining Andijon viloyati bo‘yicha bo‘limiga tekshirish uchun jo‘natildi. Sayyor qabul davomida bir nechta fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti tantanali ravishda topshirildi.