Afg’oniston bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik davom etadi

0
12
marta oʻqilgan

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidovning Afg‘oniston Islom Respublikasi Moliya vaziri Muhammad Xumoyun Qayumiy hamda Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Xolid Elmiylar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

aaaaaaaaaaaaa
foto: edu.uz

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 911-son Qarori ijrosi ta’minlash bilan bog‘liq joriy masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, mazkur Qaror asosida tashkil etilgan Markazga AIR tomonidan Afg‘oniston yoshlarining yangi bir guruhini yuborish, ular tahsil oladigan ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari masalalarida kelishilib olindi.
Shu bilan birga Muhammad Qayumiy Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida joylashgan Markazda Afg‘oniston yoshlari uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Joriy yilda ushbu Markazni o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida 96 nafar afg‘onistonlik yoshlar muvaffaqiyatli tamomlab, bugungi kunda mamlakat ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting