“Tehron-Toshkent-Tehron” yoʻnalishida aviaqatnovlar boshlanadi

0
14
marta oʻqilgan

Eron Islom Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi hukumatlararo kelishuvga muvofiq joriy yilning dekabr oyidan “Zagros Airlines” aviakompaniyasi  muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

ZagrosAirlines A320 c AirTeamImagescom
foto: jetphotos.com

Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga 1-marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga 2-martaga yetkaziladi. Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan Eron aviakompaniyasiga “Tehron-Toshkent-Tehron” yoʻnalishida reyslarni amalga oshirish uchun ekspluatatsiya ruxsatnomasi berilgan. “Zagros Airlines” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni Airbus A-320, McDonnell Duglas MD-82 va MD-83 samolyotlarida amalga oshirish maʼlum qilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting