“Qozog‘istonda yashovchi o‘zbek xalqining folklori” kitobi chop etildi

0
9
marta oʻqilgan

Yozuvchilar uyushmasida Qozog‘iston xalq Assambleyasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Qozog‘istonda yashovchi o‘zbek xalqining folklori” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.

foto: uza.uz

O‘zbekistonda Qozog‘iston yili dasturi asosida o‘tkazilgan tadbirda Qozog‘iston xalq Assambleyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi, ijodkorlar so‘zga chiqib, bu kitob xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.Og‘zaki ijod xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini, uning taqdirini o‘zida ifoda etuvchi ijodiy jarayondir. Shuning uchun ham allomalarimiz uni “el adabiyoti” deb atagan. O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Qozog‘istondagi bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Olmaotadagi Adabiyot va san’at oliygohida nashrga tayyorlanayotgan ko‘p jildlik qozoq xalq dostonlari to‘plamining ikkinchi jildida mazkur institut olimlarining ishtirok etayotgani ikki davlatning madaniy aloqlarini yanada jipslashtirishga xizmat qilmoqda.
Hozirda O‘zbekistonda yashovchi qozoqlar va Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklarning shevasi va og‘zaki badiiy ijodiyotini o‘rganish maqsadida ikki mamlakat olimlari hamkorlikda folьklor va dialektologik tadqiqotlar tashkil qilish, “Qozog‘istondagi o‘zbek shevalari atlasi”ni yaratishni rejalashtirmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting