Qo‘qonda Spark YTHga uchrashi oqibatida ikki ayol halok bo‘ldi

0
5
marta oʻqilgan

15-noyabr kuni soat 12:30 da “Toshkent—Oʻsh” avtomobil yoʻli boʻylab Qoʻqon shahriga ketayotgan Spark beton toʻsiqqa borib urilishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi

Spark avtomobilini boshqarib ketayotgan M.T. Uchkoʻprik tumani hududida ehtiyotsizligi tufayli boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning oʻrtasidagi ikki tomonlama harkatlanish yoʻnalishini ajratuvchi beton toʻsiqqa urilib, YTH sodir etgan.

Oqibatda yoʻlovchi 64 yoshli O.T. (ayol) hodisa joyida, 61 yoshli M.T. (ayol) esa Uchkoʻprik tuman TTY jonlantirish boʻlimida koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.T.ga nisbatan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar oʻlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting