O‘zbekistonda ishsizlik eng yuqori bo‘lgan viloyatlar nomi ma’lum qilindi

0
17
marta oʻqilgan

Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning “Press-qahva” loyihasi boʻlib oʻtdi. ​ “Press qahva” siyosiy debati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Mazkur debat chogʻida Oʻzbekistondagi ishsizlik, mehnat migrantlari, hududlar kesimida ish bilan band boʻlmagan aholi soni qancha ekani va boshqa tizim faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ​maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda iqtisodiy nofaol aholi 205 ming nafarga kamaygan. Ishsizlik darajasi 9 foizdan 8 foizga tushgan. Mamlakatdagi ishsizlar soni 1,3 million nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 32 ming nafari kasbga oʻrgatish kurslariga jalb etilgan. 50 ming nafar aholiga ishsizlik nafaqasi beriladi. Ayni damda 304,5 ming ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

Maʼlum qilinishicha, ishsizlik darajasi eng yuqori boʻlgan hududlar Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hisoblanadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur viloyatlarda ishsizlikni kamaytirish boʻyicha ishlar olib bormoqda.​

Bundan avval 2020-yilda Oʻzbekistonda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga koʻpayishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting