Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

0
20
marta oʻqilgan

14-noyabr kuni taxminan 3:30 da Jizzax viloyatida “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 956-kilometrida sodir boʻlgan YTH natijasida ikki kishi halok boʻldi, deya xabar qildi IIV Tergov departamenti.

Foto: IIV Tergov departamenti

25 yoshli haydovchisi boshqarib kelayotgan Cobalt avtomobili qayrilib olayotgan M. T. 34 yoshli A. N. boshqaruvidagi MAN yuk mashinasining tirkamasi bilan toʻqnashgan.

Toʻqnashuv natijasida Cobalt toʻliq yonib ketgan. Uning salonida boʻlgan 32 yoshli ayol Ye. S. hodisa joyida vafot etgan. Yana bir yoʻlovchi — 3 yoshli A. A. olgan tan jarohatlari sababli Sardoba tuman tibbiyot muassasasida shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramasdan hayotdan koʻz yumdi. Yengil avtomobil haydovchisi M. T. tan jarohatlari bilan Paxtakor tuman shifoxonasiga yotqizildi.

Hodisa yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuradiga Tergov boshqarmasi Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting