Mutasaddilar jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

0
17
marta oʻqilgan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati tomonidan “Jamiyat” gazetasi muxbiri Davlatnazar Roʻzmetovni yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgani yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan har xil mazmundagi xabarlarga oydinlik kiritish hamda asl holatni keng jamoatchilikka etkazish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi, deya xabar bermoqda OʻzA.

krp 094
Foto: O’zA

Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha Vakili (Ombudsman) Ulugʻbek Muhammadiev, Xorazm viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi Ahmadjon Poʻlatov, IIV Axborot xizmati boshligʻi Shohrux Gʻiyosovlar ishtirok etdi hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Xorazm viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi Ahmadjon Poʻlatovning holat yuzasidan bayonot berishicha, joriy yilning 6-noyabrь kuni Urganch shahrida yashovchi 1979-yilda tugʻilgan S.U. soat taxminan 23:30 da, oʻzining boshqaruvida boʻlgan “GAZ 330200” rusumli avtomashinada Urganch tumani Qoromon qishlogʻi hududidan oʻtgan “Urganch-Xiva” avtomobil yoʻlining 5-kilometrida ehtiyotsizlik natijasida, yoʻlning oʻng tomonidan chap tomoniga kesib oʻtmoqchi boʻlgan piyoda, 1971-yilda tugʻilgan Roʻzmetov Davlatnazar Shoxnazarovichni avtomashinaning old chap tomoni bilan turtib yuborib, yoʻl transport hodisasini sodir qilgan. Natijada piyoda D.Roʻzmetov YTX natijasida olgan tan jarohati tufayli hodisa sodir boʻlgan joyda vafot etgan.

Matbuot anjumanida Xorazm viloyati IIB vakillari tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyish etildi va unda marhumning YTHdan avvalgi harakatlari, kafe, mehmonxona, yoqilgʻi quyish shahobchalari, yoʻllardagi nazorat kameralariga tushgan suratlari namoyish etilib, vaziyatga batafsil izoh berib oʻtildi.

Shuningdek, matbuot anjumanida marhum bilan uning vafot etgan kuni oxirgi marotaba qoʻrishgan doʻsti Umidbek Davletov, marhum vafoti haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali birinchi boʻlib xabar bergan jiyani Furqat Roʻzmetov ham soʻzga chiqdi. F.Roʻzmetov amakisi vafoti haqida toʻxtalar ekan ijtimoiy tarmoqlarda voqea haqida bilib-bilmay notoʻgʻri munosabatlar, gaplar yozayotgan insonlardan qattiq xafa boʻlganini aytdi va bunday qilmaslik, masalaga siyosiy tus bermaslikni soʻradi.

Shuningdek, matbuot anjumanida bloger Nafosat Olloshukurova bilan bogʻliq voqealar tafsilotlari boʻyicha ham maʼlumot taqdim etildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting