Xususiy tibbiyot muassasalari ham tug‘ruqni qabul qilish bilan shug‘ullanishi mumkin

0
8
marta oʻqilgan

“Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida”gi qarordagi vazifalar ona va bola salomatligini asrashda, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishda alohida ahamiyatga ega. Jumladan, birinchi marta ushbu sohaga xususiy sektorning kirib kelishiga yo‘l ochilmoqda.

aaa 22

Ushbu qaror bilan xususiy tibbiyot muassasalari uchun tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat berilmoqda. Tug‘ruqni qabul qilish bilan shug‘ullanish faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan tug‘ruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya bo‘limlari, poliklinika,bakteriologik va klinik-biokimyo laboratoriyalari hamdayuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud bo‘lgan, shuningdek,sog‘liqni saqlash va FHDYo organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti bilan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.

Hujjatda, shuningdek, 2020 yil 1 martga qadar sog‘liqni saqlash va FHDYo organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tavsiya qilingan hisobot shakllarini real vaqt rejimida yuritish, shuningdek, ushbu dasturga xususiy tibbiyot muassasalarining ulanishihamda uni sog‘liqni saqlash kompleks axborot tizimiga integratsiya qilishuchun zarur sharoitlar yaratishni inobatga olgan holda takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi 2020 yil 1 iyuldan boshlab mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha tug‘ruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanishi nazarda tutilayapti. Endilikda tibbiy faoliyatga belgilangan litsenziya talab va shartlariga akusherlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga muvofiq, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari vazirlik tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting