Tomorqasidan foydalanmagan fuqaro soliq to’laydi(mi?)

0
9
marta oʻqilgan

O‘zbekistonda tomorqa yeridan samarasiz foydalanganligi uchun xonadon egasiga er solig‘ining uch barobari miqdorini qo‘llash amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida aytilgan. Xonadon egasiga joriy yil uchun hisoblangan er solig‘ining uch barobari miqdorini qo‘llash amaliyoti tumanlar kesimida tahlil qilinib, ushbu ta’sirchan choralarni keng miqyosda qo‘llash hamda zarurat tug‘ilganda qonunchilikka o‘zgartirish kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish nazarda tutilmoqda.tomorqa

Shuningdek, omorqalardan unumli foydalanish choralari ko’rilmoqda. Jumladan, ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlarida, “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi”da, kasbga o‘qitish muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda ishsiz fuqarolarni davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora tadbirlarini tashkil qilinadi.

Ishsiz fuqarolarga yengil konstruktsiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – “Tomorqa xizmati” MChJ, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar ajratish amaliyotini keng joriy etiladi.

Dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda, sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritilishi to‘g‘risida ijtimoiy roliklar tayyorlab, ommaviy axborot vositalari orqali va joylarga chiqqan holda keng targ‘ibot va tashviqot ishlarini muntazam olib boriladi.

Dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun Jamg‘armaga Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari, zayomlari va grantlarini jalb etish choralarini ko‘radi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting