Brakoner saksovul kesgani uchun 2,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

0
9
marta oʻqilgan

Zarafshon shahrining «Muruntov» posyolkasida istiqomat qiluvchi fuqaro saksovul kesgani uchun jarimaga tortildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Brakoner saksovullarni «KamAZ» yuk mashinasida olib ketayotganda qo‘mitaning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan Zarafshon Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda yetkazilgan ekologik reyd davomida ushlandi.

Qonunbuzar 2,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa 3,7 mln so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning oktyabrdagi qarori bilan kelgusi yil oxiriga qadar barcha turdagi daraxtlarni kesishga moratoriy e’lon qilingan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting