Korrupsiyada ayblangan Braziliya sobiq prezidenti ozod qilindi

0
10
marta oʻqilgan

Juma kuni Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Kuritibadagi federal politsiya markazini tark etdi. Sobiq preziedent u yerda korrupsiya jinoyati uchun 19 oy qamoqda oʻtirdi. Bu haqda DW.com xabar bermoqda.

Foto: Rambler News

Lula da Silvani muassasa darvozalari qarshisida ishchilar partiyasidagi sheriklari va koʻplab tarafdorlari kutib olishdi. Koʻp oʻtmay, siyosatchi yaqin atrofda oʻrnatilgan sahnaga chiqib, yigʻilganlarga minnatdorlik nutqini soʻzladi. Sobiq prezident ertasi kuniyoq siyosiy faoliyatiga qaytishini va San-Pauludagi metallurglar kasaba uyushmasi bilan uchrashuv oʻtkazishini aytdi.

7-noyabr kuni Federal Oliy sud da Silvaning ishida qonunda koʻzda tutilgan barcha holatlar boʻyicha apellyatsiyalar yakuniy koʻrib chiqilgunga qadar ozod boʻlishiga qaror qildi.

74 yoshli siyosatchi bilan uchrashganlar orasida Da Silva asos solgan Ishchilar partiyasi aʼzolari, shuningdek uning raisi Glazy Xoffman ham bor edi. Sobiq prezident tarafdorlari “Lula ozod!“ deb olqishlashdi.

Lula da Silva Braziliyaning birinchi sobiq prezidenti boʻlib, u oʻtgan yili aprel oyida korruptsiya va pul yuvishda ayblanib qamalgan edi. Aprel oyida Oliy sud siyosiy qamoq muddatini qariyb 13 yildan sakkiz yilu 10 oygacha qisqartirdi. Sobiq davlat rahbari oʻziga qoʻyilgan barcha ayblovlarni rad etadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting