Tadqiqotchi Yevgeniy Bunin O‘zbekistonga kiritilmadi

0
12
marta oʻqilgan

Tadqiqotchi, yozuvchi va uyg‘ur tili tarjimoni Yevgeniy Bunin 1-noyabr kuni Olma Otadan Toshkentga uchib kelib, aeroportdan Qozog‘istonga qaytarib yuborildi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Foto: www.facebook.com/gene.bunin

Uning so‘zlariga ko‘ra, DXX chegara qo‘shinlari xodimlari aeroportda chiqarib yuborish sababini bilmasliklarini ma’lum qilib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishni tavsiya etishgan.

Bundan avval bir necha marta O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yevgeniy Bunin «Gazeta.uz» savoliga javob berar ekan, taqiqni u ayni vaqtda olib borayotgan tadqiqot ishi bilan bog‘ladi.

«Shaxsan men bu Shinjon mavzusidagi ishlarim bilan bog‘liq ekaniga aminman — men Shinjonda Xitoy siyosati qurbonlarining eng katta ochiq ma’lumotlar bazasi (shahit.biz) rahbariman. Men tez-tez u yerda nima sodir bo‘layotgani haqida yozaman va voqealarni yoritaman. 2018-yildan beri faqat shu ish bilan shug‘ullanaman, bundan boshqa hech narsa mening kirishimga taqiqqa sabab bo‘lishi mumkin emas. Men O‘zbekistondagi qonunlarni buzmaganman va mahalliy siyosat bilan qiziqmaganman», — deydi tadqiqotchi.

Yevgeniy Buninning so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekistonga shunchaki sayyoh sifatida 2016-yil boshida, shuningdek 2018-yil avgust-sentyabr oylarida tashrif buyurgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida u Olma Otadan Buxoroga borib, u yerda uch-to‘rt oy yashagan.

«2019-yil mart oyida Serikjan Bilash (Xitoydagi etnik qozoqlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faol, „Atajurt“ harakatining yetakchisi) Olma Otada hibsga olingan, shu sababli u qaytib kelgan. Aprel oyida AQSHdagi konferensiyaga Toshkentdan AQShga parvoz qildim. Ikki oy oldin Toshkentga uchib, mahalliy faollar — Anvar Nazir va boshqalar bilan uchrashdim va Shinjon mavzusida ekspert sifatida ishladim. Serikjan Bilash ikki-uch oy muqadda qo‘yib yuborildi, Olma Otada ish kamroq edi va qish ham boshlandi, shuning uchun men yana O‘zbekistonga qaytib Buxoroda yashashga qaror qildim», — dedi Yevgeniy Bunin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga oxirgi tashrifidan keyin huquq-tartibot idoralari xodimlari u Buxoroda bir muddat istiqomat qilgan xostelga kelib, u haqda so‘rashgan.

Yevgeniy Bunin O‘zbekistonga kirish taqiqlanganligi to‘g‘risida tushuntirish olish uchun Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘lanish niyatida ekanligini aytdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting