Orif Bo‘tayev Sanoatqurilishbank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

0
6
marta oʻqilgan

Oʻzbekiston Markaziy banki raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Orif Aliboyevich Boʻtayev Oʻzsanoatqurilishbank raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz”  xabar qildi.

Foto: Gazeta.uz

Orif Boʻtayev (1983 y. t.) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2006) va Bank-moliya akademiyasi (2012) bitiruvchisi.

U oʻtgan yilning noyabrida Markaziy bank rahbari oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar MBning Kredit maʼlumotlarining davlat reyestrini yuritish departamentini boshqargan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting